“Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–203-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha muddatga vizasiz rejim belgilanadi.